HUKMDORLAR

Xo‘jayev Porso

Xo‘jayev Porso

Porso Xo‘ja Hasan

(1867 yil, Buxoro – 1937 yil 25 oktabr, Toshkent)

Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri, davlat va jamoat arbobi. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. 1905 yildan Buxorodagi jadidchilik va Yosh buxoroliklar safida Yangi usul maktablari ochish va jadid gazetalari chiqarish, ko‘plab qiroatxona va kutubxonalar tashkil etishda faol qatnashgan. 1918 yilmartdan Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, Buxoroda amirlik tuzumiga qarshi kurashda ishtirok etgan.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilgach, Xatirchi va Karmana viloyatlari inqilobiy qo‘mitasi raisi (1920-21), BXSR dehqonchilik noziri va nozir o‘rinbosari (1921), Buxoro markaziy kasabalar ittifoqi raisi (1922), BXSR Markaziy Ijroiya Komiteti raisi (1922 yil avgust -1924 yil noyabr). 1925 yildan Buxoro shahri ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Buxoro okrugida yer islohoti bo‘yicha komissiya raisi, 1929 yildan Toshkentda yashagan, BXSRning rahbar arboblari bilan birgalikda millatchilikda ayblanib, 1937 yil 14-oktabrda otishga hukm qilingan, 1962 yil 26 noyabrda oqlangan.