#O'ZBEK ZIYOLILARI

Yusuf Saryomiy (1840-1912)

Yusuf Saryomiy (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur o‘g‘li) [1840, Chimkent viloyati Saryom (Sayram) qishlog‘i — 1912] — shoir. Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qo‘qon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. «Bekla

Muhiddinxo‘ja qozi (1841-1902)

Muhiddinxo‘ja qozi (1841, Toshkent — 1902 yil mart) — o‘zbek ma’rifatparvari. So‘nggi Toshkent qozikaloni — Hakimxo‘ja o‘g‘li. Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Toshkentning Sebzor dahasidagi Isaxonxo‘ja madrasasida mudarrislik qilgan. Toshken

Sattorxon Abdug‘afforov (1843-1901)

Sattorxon Abdug‘afforov (1843, Chimkent — 1901, Toshkent) — ma’rifatparvar, tarixchi. Yirik ulamo (mudarris) oilasida tug‘ilgan. Toshkentdagi Shukurxon madrasasini tugatgan (1862). Arab va fors tillarini yaxshi bilgan, rus tilini o‘rgangan.

Otaniyoz Niyoziy (1844-1928)

Niyoziy (taxallusi; ismi Otaniyoz Xo‘janiyoz o‘g‘li, 1844 — Shovot tumani — 1928) — shoir, bastakor. Komiljon Otaniyozovning otasi. Xivadagi Arabxon madrasasida o‘qigan.