#O'ZBEK ZIYOLILARI

Nodim (1844-1910)

Nodim Namangoniy (taxallusi; asl ism-sharifi Sulaymonxo‘ja Ulug‘xo‘ja o‘g‘li) (1844 — Namangan —1910) — shoir. Saidqulibek madrasasida tahsil ko‘rgan. Arab, fors tillarini o‘rgangan.

Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy (1845-1915)

Umrzoq Xolboy o‘g‘li Hayrat (1845—1915) ilg‘or fikrli ma’rifatparvar shoir va nozikta’b xattot. U Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Yortepada kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi.

Alamkash (1846-1924)

Alamkash (taxallusi; asl ismi Ubaydullo Islom o‘g‘li) (1846 — hozirgi G‘allaorol tumani, Qizilqo‘rg‘on qishlog‘i — 1924) — shoir, xattot, tarjimon. O‘z qishlog‘ida maktab ochib, shu maktab o‘quvchilari uchun hisob ilmiga oid darslik tuzgan.

Ikrom domla (1847-1925)

Ikrom domla, Mulla Ikromcha (taxalluslari; asl ismi Muhammad Ikrom ibn Abdusalom, 1847 — Buxoro — 1925) — Buxorodagi taraqqiyparvar ulamolardan, muftiy va mudarris. Buxoro madrasalarida tahsil olgan.