#O'ZBEK ZIYOLILARI

Ismatulloh Abdullayev (1927-2005)

Ismatulloh Abdullayev (1927.10.3, Namangan — 2005) — sharqshunos, manbashunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), filologiya fanlari doktori (1979).

Sa’dulla Karomatov (1928-1987)

Karomatov Sa’dulla Muzaffarovich (1928.14.7, Buxoro — 1987.21.8, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1949).

Abdulahad Muhammadjonov (1928-2016)

Muhammadjonov Abdulahad Rahimjonovich (1928.26.12, Toshkent — 2016) — sharqshunos va arxeolog olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000). Tarix fanlari doktori (1973), professor (1989).

Pirimqul Qodirov (1928-2010)

Pirimqul Qodirov (1928.25.10. Tojikiston Respublikasi Shahriston tumani Kengko‘l qishlog‘i — 2010) — yozuvchi, adabiyotshunos olim. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1988). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978).