#O'ZBEK ZIYOLILARI

Tursunboy Adashboyev (1939-2017)

Tursunboy Adashboyev 1939 yilning 1 yanvarida Jalolobod viloyatining Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetini hamda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutini bitirgan. O‘zbek va qirg‘iz tillarida ijod qiladi.

Mahkam Mahmud (1940)

Shoir, nosir, adabiyotshunos Mahkam Mahmud (Mahmudov) 1940 yili Andijon viloyatining Asaka tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1957—62). Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Abdulla Oripov (1941-2016)

Abdulla Oripov (1941.21.3 — Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘i – 2016.5.11 – Xyuston, Texas shtati, AQSh) — shoir va jamoat arbobi. O‘zbekiston xalq shoiri (1990). O‘zbekiston Qahramoni (1998).

Shukur Xolmirzayev (1940-2005)

Shukur Xolmirzayev (1940.24.3, Boysun tumani – 2005, Toshkent) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991). «Mehnat shuhrati» ordeniga egasi (1999). Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir (1963—6