#O'ZBEK ZIYOLILARI

Islom shoir (1874-1953)

Islom shoir Nazar o‘g‘li (1874 narpay tumani — 1953.17.7) — o‘zbek baxshisi. O‘zbekiston xalq shoiri (1940). Narpay dostonchilik maktabi vakili. Ernazar shoirning shogirdi.

Ibrohim Davron (1874-1922)

Ibrohim Davron (taxallusi; asl ism-sharifi Mirzaa’zam Ibrohim o‘g‘li) (1874-Qo‘qon — 1922.5.4) — o‘zbek shoiri, ma’rifatparvar, dramaturg, publitsist.

Sayyoh (1879-1918)

Sayyoh, Abdurahmon Sayyoh ibn Hoji Muhammad Sodiqov (1879, Toshkent — 1918, Qo‘qon) — ma’rifatparvar, noshir. Arabiston, Turkiya, Hindiston, Afg‘oniston, Yaponiya mamlakatlariga sayohat qilgani uchun o‘ziga «Sayyoh» taxallusini olgan.

Otaulla Xo‘jayev (1880-1937)

Xo‘jayev Otaulla, Xo‘jayev Otaxo‘ja Po‘latxo‘jayevich (1880, Buxoro — 1937.25.10, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, davlat va jamoat arbobi. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. So‘ngra Turkiyaga borib, akasi Usmon Xo‘ja, Fit